Mibro Watch GS Pro smart soati, AMOLED 1.43'', GPS, Bluetooth qo‘ng‘iroq, 5ATM, 105 sport rejimi, 2 ta remeshok
Mahsulot haqida qisqacha
Nasiya orqali xarid qiling:
Alif Nasiya
3 oy
256 667 so'm/oy
Jami: 770 000 so'm
Xususiyatlar
Tavsif
Mibro Watch GS Pro — katta AMOLED ekran, Bluetooth qo‘ng‘iroq, GPS rejimi va sport hamda salomatlik uchun keng imkoniyatlarga ega zamonaviy smart soat.
Soat 1.43 dyuymli AMOLED ekran va 466×466 aniqlikka ega. Kuchli ikki yadroli chipset interfeysning ravon ishlashiga yordam beradi. Bluetooth qo‘ng‘iroq funksiyasi orqali telefonni qo‘lga olmasdan turib, qo‘ng‘iroqlarni soat orqali qabul qilish va gaplashish mumkin.
Mibro Watch GS Pro 105 ta sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Yurak urishi, qondagi kislorod darajasi, uyqu, stress, nafas mashqlari, balandlik, kompas va ayollar salomatligi bo‘yicha kuzatuv funksiyalari mavjud. Shuningdek, ilova bildirishnomalari, ob-havo, budilnik, taymer, sekundomer, kalkulyator, kalendar, musiqa boshqaruvi va telefonni topish funksiyalari bor.
Korpus 316L zanglamaydigan po‘lat va mustahkam plastikdan tayyorlangan. Komplektda 2 ta remeshok mavjud: silikon va matoli remeshok. 460 mA·soat akkumulyator oddiy foydalanishda 20 kungacha, kutish rejimida esa 60 kungacha ishlash imkonini beradi.