Zoodmall&Zoodpay orqali maxsulotlarni muddatli tolovga

xarid qilish bo’yicha yo’riqnoma!

Hurmatli mijoz siz SP PHONE veb-saytidan bo’lib to’lashga mahsulot sotib olmoqchi bo’lsangiz, Zoodmall&Zoodpay ilovasidan ro’yhatdan o’tishingiz kerak bo’ladi, ishning eng avvalida Zoodmall&Zoodpay ilovasidan identifikatsiyadan o’tmasangiz, bizning saytimizdan mahsulot harid qila olmaysiz!

Zoodpay&Zoodmall ilovasini Google Play yoki App Store ilovasidan yuklab olishingiz kerak bo’ladi, va identifikatsiyadan o’tib bo’lgach, yana https://spphone.uz/ veb saytiga qaytasiz, va o’zingizga kerak maxsulotni korzinka orqali oformelniya qilib pasdagi rasmdagi yo’riqnomaga qarab ish ko’rasiz.
Ilovadan ro’yxatdan o’tish xaqidagi batavsil video quyidagi havola orqali berib o’tilgan:

Zoodmall&Zoodpay ilovasidan ro’yxatdan o’tish uchun yo’riqnoma (UZ)

 

Инструкция по регистрации из приложения Zoodmall&Zoodpay (RU)

 

 

Ushbu videoni yozma ko’rinishi:

Bizning do’konimizdan mahsulotlarni qanday qilib muddatli to’lovda xarid qilish mumkin?

ZOODPAY toʻlov tizimidan foydalaning. Bu to’rtta teng to’lov orqali to’lov usuli.

1. To’lov usuli sifatida “4 ta to’lovli komissiyasiz to’lov” dan foydalaning.

Savatingizga kerakli mahsulotlarni qo’shing va buyurtma berayotganingizda to’lov usuli sifatida ZoodPay “Muddatli to’lov” ni tanlang.
Siz 18 yoshdan katta bo’lishingiz va kamida 3 oy davomida amalda bo’lgan faol bank kartasining vakolatli egasi bo’lishingiz kerak.

2. Darhol tasdiq oling.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiriting va buyurtmangiz ma’qullanganligini darhol bilib oling.
ZoodPay sizning kredit layoqatingizni tekshirish uchun tashqi hamkorlarga so’rovlar yuboradi.
Xaridingiz ma’qullansa, 4 to’lovli muddatli to’lovning birinchi to’lovi kartangizdan yechib olinadi.
Agar arizangiz ma’qullanmasa, sizga muddatli to’lov rad etilgani haqida xabar olasiz.

3. Bank kartangiz ma’lumotlarini ro’yxatdan o’tkazing va buyurtmaga 4 ta teng to’lovda to’lang:

  1. to’lov xarid qilish paytida
  2. to’lov xarid qilingandan so’ng 30 kundan keyin
  3. to’lov xarid qilingandan so’ng 60 kundan keyin
  4. to’lov xarid qilingandan so’ng 90 kundan keyin

Xarid qilish jarayonini iloji boricha oson va qulay qilish uchun biz mijozlarimizga barchasini oldindan nazarga oldik.

* ZoodPay xizmati haqida batafsil shartlarni buyurtma berish sahifasida topishingiz mumkin.

 

Zoodpay tomonidan siz muvaffaqiyatli skoring dan o’tgan bo’lsangiz, sizga taxminan, ikki yarim milion yoki undan ortiqroq mablag’ limiti beriladi, sizning kartangizda birinchi tolovni joyida amalga oshirishingiz uchun qanchadir miqdorda mablag’ bo’lishi kerak, (Xarid qilmoqchi bo’lgan maxsulotingizga qarab albatta, birinchi tolov summasi xam katta yoki kichkina bo’lishi mumkin)

spphone.uz saytidan ro’yxatdan o’tish uchun yo’riqnoma, zoodpay orqali muddatli tolov turi xam ko’rsatib o’tilgan.

 

P.S

Agar siz bizning veb-saytimizda mahsulotni qismlarga bo’lib olishni istasangiz, siz oladigan maxsulot summasi minimal miqdori 150.000 so’mdan kam bo’lmasligi kerak!

spphone.uz saytidan ro’yxatdan o’tish uchun yo’riqnoma, zoodpay orqali muddatli tolov turi xam ko’rsatib o’tilgan.

Yo’riqnoma-1

Yo’riqnoma-2

SP PHONE Call-markaz: 97 000-22-33 | 71 202-22-00
Zoodmall Call-markaz: 71 207-00-75 | support@zoodmall.uz